Bektosh Khatamov
Profi University asoschisi
Profi University - Think out of the box!
Bir paytlar uchta xonadan iborat kichik bir o‘quv markazi sifatida tashkil qilingan "Profi Education" hozirga kelib xususiy bog‘cha, maktablar, o‘quv markazlari tarmog‘iga aylandi. 2021-yil dekabr oyida kompaniya yangi marra - universitet tashkil etishga erishdi. Aslida o'sha vaqtda maqsad yangi maktabgacha taʼlim muassasalari va maktablar tashkil etish uchun kadrlar tayyorlash masalasi edi. Ammo bugun universitetning maqsadi tor doirada emas, milliy manfaatlar darajasiga ko'tarilgan.
Talaba
O'qituvchi
Universitetning ilmiy salohiyat darajasi juda yuqori, hozirda umumiy hisobda 100 dan ortiq professor-o'qituvchi ishlab kelmoqda. Ulardan 86 nafari asosiy shtatda faoliyat yuritib, 1 nafar akademik, 5 nafar fan doktori (DSc), 29 nafar fan nomzodi (PhD) hamda 1 nafar xorijiy professor-o'qituvchidan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan, 2008-2010 yillarda Xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining aʼzosi, olim, psixologiya fanlari doktori, professor, akademik, Shoumarov G'ayrat Baxromovich universitet rektori hisoblanadi.
Barcha ustozlarTelefon raqamingizni qoldiring va biz sizni barcha qiziqtirgan savollaringizga javob beramiz!